AsosiyJamiyat

O`zbekistonda to`ylarga ruxsat berildi. Qator xizmat ko`rsatish maskanlari yana ochiladi

'O`zbekistonda to`ylarga ruxsat berildi. Qator xizmat ko`rsatish maskanlari yana ochiladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlarda sanoatni rivojlantirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazmoqda.

Davlat rahbari xalq iltimosiga ko`ra, O`zbekistonda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish lozimligini ta`kidladi. 

Shuni hisobga olib, 15 avgustdan O`zbekistonda sanatoriylar, mehmonxonalar, muzeylar, bolalar oromgohlari, dala hovlilar ijarasi, go`zallik salonlari, sartaroshxonalar, ochiq havoda xizmat ko`rsatadigan umumiy ovqatlanish ob`ektlari faoliyati ham tiklanadi. Belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kishilik oilaviy marosimlar o`tkazish mumkin bo`ladi.

Mavzuga doir:

15 avgustdan avtomobillar kun bo`yi, 17 avgustdan esa hududlar o`rtasida yurishi mumkin — Prezident

    Boshqa yangiliklar