O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Butun mamlakatimizdagi kabi Sirdaryo viloyatida ham ushbu tantanaga munosib hozirlik ko`rilayotir.
Viloyat hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 25 avgust kuni Mustaqillik kuniga bag`ishlab Guliston shahrida – tuman va shahar hokimliklari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar o`rtasida «Gullar festivali» ko`rik-tanlovi o`tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu ko`rik-tanlovda mutlaq g`oliblikni qo`lga kiritgan jamoaga oliy mukofot – «Damas» avtomobili topshiriladi.
Bundan tashqari, tanlovda 1-o`rinni egallagan 2 jamoaning har biriga 20 million so`mdan, 2-o`rinni qo`lga kiritgan 2 jamoaga 10 million so`mdan va 3-o`rin sohibi bo`lgan 2 jamoaning har biriga 5 million so`mdan pul mukofotlari topshiriladi.
Ko`rik-tanlov g`olib va sovrindorlariga mukofotlar Mustaqillik bayrami arafasida tantanali taqdirlash marosimida topshirilishi rejalashtirilgan.