1

Bugun “yulduzlar yomg`iri” kuzatiladi. O`zbekistonda ham...

Dunyo 13.08.2020, 17:26
Bugun “yulduzlar yomg`iri” kuzatiladi. O`zbekistonda ham...

13 avgust kuni kechasi ajoyib osmon hodisasi — Perseid metero oqimiga guvoh bo`lishi mumkin, deb yozadi Sputnik. Bu paytda osmonda soatiga 110 ta yulduz tushadi. Falakiyot ishqibozlari uchun maxsus joy qidirish shart emas. Chunki yulduzli yomg`ir deyarli barcha hududlarda bemalol ko`rinadi.

Yulduzlar oqimi hodisasi 23 iyuldan 20 avgustgacha davom etadi. Ayniqsa, O`zbekistonning tog`li hududlarda meteorlar oqimining go`zal manzarasi yorqin ko`rinadi.

Perseidlar — har yili Er atmosferasidan o`tadigan tosh, muz qatlami va chang zarralaridan iborat meteorit oqimidir. Odatda uning  faollik cho`qqisi avgust oyining ikkinchi o`n kunligiga to`g`ri keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1