1

Singapurda koronavirusga qarshi Lunar-Cov19 nomli vaksinani klinik sinovdan o`tkazish boshlandi

Dunyo 13.08.2020, 18:29
Singapurda koronavirusga qarshi Lunar-Cov19 nomli vaksinani klinik sinovdan o`tkazish boshlandi

Tajribada 21 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan 100 kishi ishtirok etishi aytilmoqda.

Oktyabrning oxirigacha davom etadigan birinchi bosqich mobaynida olimlar preparatning potensial toksik darajasini baholashadi, shuningdek, organizmdan qanday chiqib ketishini aniqlashadi.

Lunar-Cov19 vaksinasining o`ziga xosligi shundaki, preparat tarkibida virus butunligicha emas, balki virusning genetik material fragmentlari bo`ladi xolos. U odam organizmiga tushgach, ushbu elementlar hujayralarni SARS-CoV-2 ga qarshi himoya oqsilini ishlab chiqarishga majburlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1