AsosiyJinoyat

Yunusobodda bosh shifokor 22 nafar haydovchiga karantinda erkin yurishi uchun soxta ruxsatnoma rasmiylashtirib bergan

'Yunusobodda bosh shifokor 22 nafar haydovchiga karantinda erkin yurishi uchun soxta ruxsatnoma rasmiylashtirib bergan'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan.

Unda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori Respublika maxsus komissiyasining yig`ilish bayoniga zid ravishda 22 nafar fuqaroning avtotransport vositasiga Respublikada e`lon qilingan karantin vaqtida erkin harakatlanish uchun soxta ma`lumotnoma tayyorlab, maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirib berganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar