AsosiyJamiyat

Zilzilalar haqida oldindan ogohlantiradigan kuchli stansiyalar tarmog`i yaratiladi

O`zbekistonda tez-tez zilzilalar kuzatilmoqda. Aholini bu tabiiy ofatdan oldindan ogohlantirish mumkinmi?

Ushbu savolga O`zbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti direktori Sabriddin Xusomiddinov javob berdi:

2015 yilning oxiriga qadar, mamlakatimizda zilzilalarning oldindan xabar berish tezkorligini oshirish maqsadida kuchli erosti silkinishlari stansiyalar tarmog`i yaratiladi.

Yangi tarmoq Seymologiya instituti va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Uning to`laqonli ishga tushirilishi FVVnig hududiy boshqarmalariga silkinish yuz berishi bilan uning intensivligini ballar tizimida aniqlab berish va bir necha daqiqa ichida silkinishning hududlar bo`yicha ta`sir qamrovini belgilash imkonini beradi.

Shuningdek, institut bazasida seysmik xavf-hatarni avtomatlashtirilgan raqamli tizimi yaratilgan. Shu tariqa mamlakatimizdagi barcha seysmik stansiyalar tarmog`i kengaytirilib, barcha analogli stansiyalar raqamli ishlash tizimiga o`tadi. Bu esa, eng kichik magnitudali silkinishlarni ham aniqlash imkonini beradi.

 

    Boshqa yangiliklar