Mamlakatda din va e`tiqod erkinligini ta`minlash, dinlararo, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda bag`rikenglik madaniyatini shakllantirish eng ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi.
Davlat turli dinlarga e`tiqod qiluvchi va ularga e`tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e`tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o`rtasida o`zaro murosa va hurmat o`rnatilishiga ko`maklashadi.
Hozirgi kunda respublikada 16 ta konfessiyaga oid 2286 ta diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 2098 tasi islomiy hamda 188 tasi noislomiy diniy tashkilotlardir.
2020 yilning o`tgan davri mobaynida adliya organlariga islomiy konfessiyaga oid diniy tashkilotlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish haqidagi murojaatlar bilan bir qatorda noislomiy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlar bo`yicha ham murojaatlar kelib tushdi.
Joriy yilning 15 iyul kuni Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumanida “Imom Rabboniy” jome` masjidi va 12 avgust kuni Olmaliq shahrida “Hilol” jome masjidi o`z faolitini boshladi.
O`z navbatida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand, Farg`ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida quyidagi noislomiy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlar davlat ro`yxatidan o`tkazildi:
- 2020 yil 6 iyulda Toshkent shahar “Agape” to`liq injil xristianlari cherkovi;
- 2020 yil 20 iyulda Farg`ona shahar “Novoapostol” cherkovi;
- 2020 yil 7 avgustda Samarqand shahar “Ettinchi kun xristian adventistlar cherkovi”;
- 2020 yil 10 avgustda Nukus shahar “Nadejda” to`liq injil xristianlari cherkovi;
- 2020 yil 12 avgustda Olmaliq shahar “Sol zemli” Evangel-xristian cherkovi.
Mazkur holat mamlakatimizda diniy-ma`rifiy sohadagi islohotlar xalqimizga azal-azaldan xos bo`lgan bag`rikenglik va ma`rifatparvarlik kabi qadriyatlar bilan qanchalik hamohang ravishda olib borilayotganligidan dalolat beradi.