1

Belorusiya hukumati hibsga olingan namoyishchilarni qo`yib yubormoqda

Dunyo 14.08.2020, 16:03
Belorusiya hukumati hibsga olingan namoyishchilarni qo`yib yubormoqda

13 avgust payshanba kuni Belorusiya hukumati hibsga olingan minglab namoyishchilarni qo`yib yuborishni boshladi va ommadan kechirim so`radi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Hukumat bu ishni namoyishlarni to`xtatish uchun amalga oshirmoqda. Prezidentlik saylovlaridan keyin yuzaga kelgan ushbu namoyishlar mamlakatni 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenkoning rahbarlik faoliyatidagi eng katta muammoga aylandi.

Ozod qilingan ba`zi namoyishchilarning badanlari momataloq bo`lib ketgandi. Ular qamoqxonada o`zlariga yaxshi munosabatda bo`linmaganidan shikoyat qilishdi. Lekin, Ichki ishlar vaziri o`rinbosari Aleksandr Barsukov hibsdagilarning tahqirlanganini rad etdi va qamoqxonalardagi barcha namoyishchilar juma kuni ertalabgacha ozod qilinishini ma`lum qildi.

Belorusiyada yakshanba kuni bo`lib o`tgan saylovlarning natijasidan darg`azab bo`lgan aholi ko`chaga otildi. Bu namoyishlarda kamida ikki kishi vafot etdi va 6700 nafarga yaqin odam hibsga olindi. Belarus hukumatining bu ishi G`arb davlatlarini bu mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar qo`llash haqida o`ylashga majbur qilmoqda.

“Men javobgarlikni o`z bo`ynimga olaman va namoyishlarda jarohat olgan odamlardan uzr so`rayman” deydi Ichki ishlar vaziri Yuriy Karaev.

Namoyishchilar Lukashenkoni bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlariga adolatsiz yo`llar bilan aralashganlikda ayblashmoqda. Lukashenkoning o`zi esa ushbu namoyishlarga xorij mamlakatlari Belorusiyaning barqarorligini yo`qotish yo`lida aralashishayotganligini aytib, namoyishchilarning yangidan saylov o`tkazish yoki iste`fo berish haqidagi talablarini rad etdi va ularni jinoyatchilar hamda ishsizlar deb atadi.

Lekin, Lukashenkoning tarafdori bo`lgan milliy davlat qo`mitasi rahbari Natalya Kochanovaning so`zlariga ko`ra, Lukashenko hukumatga namoyishchilarni hibsga olishni qaytadan o`ylab ko`rishni buyurgan.

“Biz urushmaymiz, bizga urush kerak emas” deydi Kocharova.

Manba

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1