AsosiyDunyo

Ramzan Qodirovga suiqasd uyushtirilgani ma`lum qilindi

Kecha tunda Checheniston Respublikasi davlat rahbari Ramzan Qodirovga suiqasd uyushtirildi, deb xabar beradi “qalampir.uz” turk tilidagi internet saytlari ma`lumotlariga tayanib.

Ma`lumotlarga ko`ra, Qodirov harakatlanayotgan avtomashinaga MXR harbiylari tomonidan to`satdan hujum uyushtirilgan. Boshidan yaralangan siyosatchi og`ir jarohatlar bilan Moskvadagi Sklifosofskiy nomli shifoxonaga yotqizilgan. Uning hozirgi ahvoli haqida aniq ma`lumotlar mavjud emasligi ta`kidlanmoqda.

Rossiya OAVlari esa hozircha sukut saqlamoqda. Ularda Ramzan Qodirovga suiqasd uyushtirilgani haqida rasmiy ma`lumot berganicha yo`q. Bu haqda Qodirovning Facebook’dagi sahifasida ham hech qanday ma`lumot mavjud emas.

    Boshqa yangiliklar