O`tib borayotgan 2015 yilda Facebook ijtimoiy tarmog`ida eng ko`p muhokama qilingan mavzular ro`yxati e`lon qilindi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Joriy yilda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan 2016 yilda bo`lib o`tishi rejalashtirilayotgan AQShdagi Prezident saylovlari bo`ldi. Xususan, izohlar va muhokamalarda AQSh Prezidentligiga nomzodlarning saylov oldi dasturlari va ularning omma oldidagi chiqishlari keng muhokama qilingan.
Ikkinchi o`rinni esa Parijdagi teraktlar mavzusi egallagan. Undan keyingi qatorlarni Suriyadagi fuqarolar urushi, Yaqin Sharq va Afrikalik qochoqlar bilan bog`liq muammolar, Nepaldagi zilzila va Gresiyadagi inqiroz kabi mavzular davom ettiradi.