AsosiyDunyo

Barak Obama sevimli filmi va qo`shig`i haqida gapirdi

AQSh Prezidenti Barak Obama People jurnaliga bergan intervyusida 2015 yilda o`ziga eng yoqqan film, kitob va qo`shiq haqida gapirdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Obama Ridli Skottning “Marslik”  kartinasi unga eng yoqqan film, uning yodida qolgan tarona esa reper Kendrik Lamarning “How Much a Dollar Cost” ekanini ta`kidlagan.

U sevib o`qigan kitob esa yozuvchi Loren Groffning “Taqdir va furiyalar” asari bo`lgan. AQSh Prezidentining fikriga ko`ra, yilning eng yaxshi seriali “Nikerboker shifoxonasi” hisoblanadi.

Uning rafiqasi Mishel Obama ham o`z fikrlari bilan bo`lishar ekan, uning sevimli filmi -“Boshqotirma” animasion filmi, sevimli qo`shig`i Bruno Marsning -“Uptown” taronasi, sevimli kitobi- Elizabet Aleksandrning “Olam yog`dusi” (The Light of the World) asari ekanligini aytib o`tgan. Joriy yilda unga manzur bo`lgan serial esa “Qorayib ketayotganlar” (Black-ish) seriali bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar