AsosiyJinoyat

Dori vositalari narxining sun`iy oshirilishi va ularning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olinmoqda

'Dori vositalari narxining sun`iy oshirilishi va ularning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olinmoqda'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.D. boshqalar bilan o`zaro til biriktirib, noqonuniy daromad orttirib qolish maqsadida, aholi tomonimdan talab yuqori bo`lgan dori vositalarini narxini sun`iy ravishda oshirib, fuqaro M.ga hech qanday hujjatlari bo`lmagan, 100 quti “Arbidol 100 mg” dori vositasini har bir qutisini 350 ming so`mdan hisoblab, 35 mln so`mga va 412 quti “Meropenem 1ml” dori vositasini 200 ming so`mdan hisoblab, 82 mln so`mga sotishga kelishib, shundan, 58 mln so`m hamda 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar. Bu haqda Bosh prokuratura Darakchiga ma`lum qildi. 

Xuddi shunday, Departamentning Ohangaron shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.A. 200 ming so`m evaziga Namangan shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.X.ning topshirig`iga asosan 93 quti “Kleksan” dori vositasini Namangan viloyatidan Ohangaron tumaniga olib kelib, fuqaro Z.ga 3 000 AQSh dollari va 20,2 mln so`mga o`tkazgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. 

S.A.ning ko`rsatuvlariga asosan Namangan shahrida tezkor tadbir davom ettirilganda, fuqaro A.X. S.A.dan 93 quti “Kleksan” dori vositasi uchun 
3 000 AQSh dollari va 20,2 mln so`mni olgan vaqtida ushlangan.

Departament va DXXning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro X.M. va boshqalar o`zaro til biriktirib, kuchli ta`sir etuvchi 100 quti «LIRIKA 300 mg» dori vositasini 92,3 mln so`mga fuqaro D.ga sotayotganda ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Yuqoridagi holatlar bo`yicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar