AsosiyJamiyat

“Energoissiqlikmontaj” tomonidan to`lanmagan 861million so`mdan ortiq soliq undirildi

'“Energoissiqlikmontaj” tomonidan to`lanmagan 861million so`mdan ortiq soliq undirildi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug`bek tuman bo`lim ish yurituvida  Davlat soliq qo`mitasinining qaroriga asosan qarzdor “Energoissiqlikmontaj” MChJdan undiruvchi DSI foydasiga 861.917.800 so`m soliq qarz undirish to`g`risidagi ijro ishi mavjud bo`lgan. Bu haqda byuroning Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Energoissiqlikmontaj” MChJga nisbatan majburiy ijro harakatlarini olib borish jarayonida 04.08.2020 yil kungi to`lov topshiriqnomaga asosan 861.917.800 so`m soliq qarzdorlik davlat foydasiga undirilgan.  

Yuqoridagilarga asosan ijro hujjati O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan tamomlangan.

    Boshqa yangiliklar