Moskva hukumati shaharning eng mashhur qabristonlarida bepul Wi-Fi hududlarini tashkil etish qaroriga keldi.
"Internet 2016 yilning birinchi yarmida ochiq hududlarda yo`lga qo`yiladi", - bu haqda RIA Novosti xabar beradi.
Ma`lumotlarga ko`ra, internetdan bepul foydalanish qabristonlarga tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratadi, xususan, ushbu jarayon bilim orttirish xarakteriga ham ega". Onlayn rejimda har bir odam dafn etilgan u yoki bu marhum to`g`risida zaruriy ma`lumotlarni olishi mumkin bo`ladi.
Hozirda provayderlar o`rtasida tender o`tkazish uchun hujjatlar to`planmoqda.