1

Mustaqillik bayramini ko`proq oila davrasida nishonlash masalasi muhokama etildi

Siyosat 20.08.2020, 22:10
Mustaqillik bayramini ko`proq oila davrasida nishonlash masalasi muhokama etildi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi. Tadbirni ochar ekan, davlatimiz rahbari pandemiyani jilovlash doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida to`xtalib, Mustaqillik bayramini bunday sharoitda qanday nishonlash yuzasidan ko`rsatmalar berdi.

Ushbu masalada shifokorlar bilan maslahat qilgan holda shunday xulosaga kelindiki, pandemiya bilan bog`liq vaziyat bu yil joylarda katta yig`in va sayillar o`tkazishni cheklash talabini qo`ymoqda. Shuning uchun ushbu ulug` sanani ko`proq oila davrasida nishonlashni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda ularni sanitariya normalariga qat`iy rioya etgan holda o`tkazish maqsadga muvofiqligi ko`rsatib o`tildi.

Ommaviy axborot vositalari va internet tarmog`ida bayram kunlari qiziqarli, yangi formatdagi ko`rsatuvlar, eshittirish va chiqishlar namoyish etish borasida tavsiyalar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1