1

Ozarbayjon fuqarosi Yunisefning O`zbekistondagi yangi raxbari etib tayinlandi

Siyosat 21.08.2020, 09:00
Ozarbayjon fuqarosi Yunisefning O`zbekistondagi yangi raxbari etib tayinlandi

Janob Munir Mamedzade YuNICEFning O`zbekistondagi rahbari lavozimida ish faoliyatini boshladi.

So`nggi uch yil davomida u YuNICEFning Qirg`izistondagi vakili o`rinbosari sifatida ishlagan, YuNICEF dasturlarini boshqarish, mazkur tashilotdagi hamda BMT tizimidagi tarmoqlararo hamkorlikni muvofiqlashtirish bo`yicha mas`ul bo`lib, dasturlarni boshqarish guruhining raisi vazifasini bajargan. U YuNICEFning Ozarbayjon, Moldova, Nepaldagi vakolatxonalarida, shuningdek Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo`yicha mintaqaviy vakolatxonasida ishlagan.

YuNICEFdagi mehnat faoliyatidan avval janob Munir Mamedzade turli sohalarda bir qator lavozimlarda, xususan yoshlar masalalari bo`yicha yirik nodavlat tashkilotining ijrochi direktori, Ozarbayjonda Inson huquqlari bo`yicha Ombudsman idorasining xalqaro bo`limi boshlig`i lavozimlarida ishlagan. U inson huquqlari, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik rahbarlik tajribasiga ega.

Janob Munir Mamedzade Moskva Davlat Ochiq Universitetini iqtisodiyot mutaxassisligi bo`yicha tamomlagan. U Shveysariyaning Friburg Universitetida ta`lim olib, bolalar huquqlari sohasidagi ilg`or dastur bo`yicha magistr darajasiga ega bo`lgan.

Munir Mamedzade Ozarbayjon fuqarosi. Ingliz, rus va turk tillarini yaxshi biladi. Oilali, 11 yoshli o`g`li bor.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1