“Sarbon” guruhi yakkaxoni Farhod Saidov o`zining Instagram’dagi sahifasiga yozib qoldirgan quyidagi fikrlari e`tiborimizni tortdi.
“Hayotda shunday kunlar bo`ladiki, odam bolaligini qo`msaydi! Begunox, hech qanaqa muammo yo`q, nimaiki hohlasa ota-onaga yig`lasa hamma narsa muhayo. Bu davr qaytib kelmasligi va sizni muammosiz katta qilgan ota-onani vazifasi sizga tushishini hayolizga ham keltirmaysiz.
O`sha katta bo`lganingizda atrofdagi odamlar shu bolalikday samimiy va to`g`ri deb qabul qilishni juda ham hohlaysiz lekin insonlar yuzidan katta bo`lgan sari bolalik istarasi nimaga yo`qolishini yil sayin tushunib etasiz. Aldovlar, foyda uchun sizga xushomad, siz haqingizda maqtovlar va siz yo`qligingizda hiyonat! Juda samimiy va mardlik, to`g`rilik va vafodorlik afsuski kupchilikni ulg`aygani sari tark etar ekan. Hammaga bolalikdagi samimiylik tark etmasligini tilab qolaman!!”
Surat xonandaning internetdagi sahifasidan olindi.