O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan kino va teatr aktyori, O`zbekiston xalq artisti San`at Devonov haqida "San`atdagi San`at" nomli hujjatli filmning tasvirga olish ishlari yakunlandi.
San`at Devonov 1932 yil 9 may kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tavallud topgan. U ijodiy faoliyatini Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatridan boshlaydi. 1973 yil hozirgi O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutini tamomlagan. Aktyor sahnada Gamlet, Alisher Navoiy va Tohir rollarini ijro etgan. San`at Devonovni tomoshabinlar milliy kinematografiyaning durdona asarlaridan biri “Maftuningman” filmi orqali eslashadi. Bundan tashqari, «Ulug`bek yulduzi», «Olovli yo`llar», «Alpomish» kabi filmlarda ham rollar ijro etgan.






