AsosiyJamiyat

"O`zbekiston havo yo`llari" 5 yo`nalishdagi qatnovlarga chegirmalar e`lon qildi

 Maxsus tarif 2016 yilning 10 yanvaridan 29 fevraliga qadar amalda bo`ladi, deb xabar beradi “uz24.uz” kompaniya matbuot xizmatiga tayangan holda. 

Chegirmalar Janubi-Sharqiy Osiyo yo`nalishlari va Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshiriladigan qatnovlar uchun amal qiladi:

Toshkent – Kuala-Lumpur – Toshkent – 735 evro;

Toshkent – Bangkok – Toshkent – 770 evro;

Toshkent – Singapur – Toshkent – 813 evro;

Toshkent – Sharja – Toshkent – 741 evro;

Toshkent – Dubay – Toshkent – 786 evro.

Kompaniya matbuot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, arzonlashtirilgan narxdagi aviachiptalar sotuvga chiqarilgan. Tariflar bir oylik hisoblanadi, o`rinlar soni cheklangan.

    Boshqa yangiliklar