O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasalariga qamrab olish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.
2015 yilning mart oyidan boshlab bolalarni maktab ta`limiga tayyorlovchi qisqa muddatli guruhlar uchun «Bilimdon» dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
2015 yil davomida bolalarning mantiqiy fikrlashini rivojlantiruvchi 7 nomdagi 3 milliard so`mlik o`yinchoqlar barcha maktabgacha ta`lim maskanlarining tayyorlov guruhlariga etkazib berildi.
Davra suhbatida maktabgacha ta`lim tizimining yangi shakl va uslublaridan kengroq foydalanish, mahalliy hokimliklar va mutasaddi idoralar bilan birgalikda ta`lim maskanlariga qatnamaydigan bolalar uchun hududlarda qisqa muddatli guruhlar faoliyatini kengaytirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.