Iroq Turkiya qurolli kuchlari ustidan BMTning Xavfsizlik Kengashiga shikoyat qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Bog`dod rasmiy xatida BMT Nizomini qo`pol ravishda buzish deya baholayotgan Turkiya qo`shinlarining o`z hududidan zudlik bilan olib chiqib ketilishini so`ragan.
Rasmiy murojaatni qabul qilganligi to`g`risidagi ma`lumotni BMTning AQShdagi doimiy vakili Samanta Pauer ham tasdiqlagan.
“Biz Turkiyaning hatti-harakatlarini Iroq davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda BMT Nizomini qo`pol ravishda buzish deya baholaymiz”, — deyiladi rasmiy xatda.