Asli Yaponiyalik bo`lgan AQShda yashovchi aktyor Keri-Xiroyuki Tagava ikki hamkasbining Rossiya fuqaroligini olish istagini bildirganini ma`lum qildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Akyotr LifeNews nashriga bergan intervyusida gap hamkasblari Robert De Niro va Vin Dizel haqida ketayotganini oshkor qilgan.
“Men sizga bir sirni oshkor qilaman, Vin Dizel va Robert De Niro ham Rossiya fuqarosi bo`lishni xohlaydi”, — dedi 65 yoshli aktyor.
Tagavaning o`zi ham bunday oldin Rossiya fuqaroligini olish istagini bildirgan edi. Bunday qarorga u Egor Baranovning “Ierey-san” filmida suratga tushgandan so`ng kelgan edi.
23 noyabr kuni Vin Dizel o`zining Instagram`dagi sahifasida Rossiyaga mehri bo`lakcha ekanligini aytib o`tgan.
2013 yilda fransuz aktyori Jerar Deparde ham Rossiya fuqaroligini olgan edi.