AsosiyDunyo

Kamerundagi terakt oqibatida 10 kishi halok bo`ldi

Kamerun shimolidagi Kolofat shahrida terakt yuz berdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, xudkush terrorchining o`zini portlatib yuborishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo`lgan. Hukumat vakillarining ta`kidlashicha, teraktda “Boko Xaram” terrorchilik guruhi jangarilarining qo`li bor.

Maxsus xizmat xodimlari hujumni aslida ikki terrorchi sodir etishi rejalashtirilganini aniqlagan. Portlash bo`lgan hududda yana bir ishlamay qolgan portlovchi moslama topilgan. Uni portlatishi kerak bo`lgan terrorchi esa voqea joyidan qochib ketgan.

Mamlakat aloqa vaziri Issa Chiroma Bakari ham terak haqidagi ma`lumotni tasdiqlagan holda, uning oqibatida kamida 27 kishi jarohatlanganini ta`kidlagan. 

    Boshqa yangiliklar