AsosiyDunyo

Livan polisiyasi Qaddofiyning o`g`irlangan o`g`lini ozod qildi

Livan huquq-tartibot organlari xodimlari sobiq Liviya rahbari Muammar Qaddofiyning o`g`irlangan o`g`li Gannibal Qaddofiyni Bayrutga etkazdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Qaddofiy Bayrutdan 80 kilometr uzoqlikdagi Baalbek shahriga yashirib qo`yilgan edi. Uni o`g`irlagan terrorchilarning qaysi guruhga mansubligi hozirda o`rganilmoqda.

Gannibal Qaddofiy 11 dekabr kuni Bayrut shahrida rafiqasini ko`rish uchun kelganida o`g`irlab ketilgan edi. Avvalroq sobiq Liviya etakchisining o`g`li Livandagi shialar harakati “Amal” tomonidan o`g`irlangani aytilgan edi.

    Boshqa yangiliklar