AsosiyJamiyat

Toshkentning Bektemir va Yashnobod tumanlari hokimlari lavozimlaridan ozod qilindi

'Toshkentning Bektemir va Yashnobod tumanlari hokimlari lavozimlaridan ozod qilindi'ning rasmi

Toshkentning Bektemir tumani hokimi Shohrux Baxtiyorov Mamajonov lavozimidan ozod qilindi. Sektor rahbarlari — prokuror, ichki ishlar bo`limi boshlig`i va davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i ham lavozimlarini tark etdi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» hukumatdagi axborot manbasiga tayanib. Ma`lum qilinishicha, Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxov ham lavozimini tark etgan.

21 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuvda tumanda ishsizlik darajasi 3,3 foiz, shu jumladan, ayollar orasida 1,7 foiz, yoshlar o`rtasida 1,5 foiz ekani qayd etilib, maktabgacha ta`lim muassasalari etishmasligi, qator mahallalarda ichki yo`llar holatining yomonligi, kommunal tizimlarda ham kamchiliklar borligi ko`rsatib o`tilgan edi.

    Boshqa yangiliklar