AsosiyJamiyat

“Voditeli Tashkenta” guruhi asoschisi uni yopish istagi to`g`risida aytdi

Facebook ijtimoiy tarmog`ining haydovchilar o`rtasida mashhur bo`lgan “Voditeli Tashkenta” guruhi asoschisi Bobir Nurmuxamedov RedPen nashriga bergan intervyusida ushbu guruhni yopish istagi har ikki oyda paydo bo`lishi ma`lum qildi.

“Men ushbu sohada nimagadir ta`sirimni o`tkazmoqchi bo`lganim odamlarning salbiy reaksiyalarini keltirib chiqaradi. Shunaqa paytlarda hafsalang sovib ketadi. Bir tiyin ham ishlamaysanda, o`z vaqtingni sarflaysan, yana odamlar nazarida hech narsa qilmayotgandaysan. Shunaqa paytlarda “Bo`ldi, jonga tegdi!”, deging keladi. Ushbu fikrlardan meni guruhning adminlari o`zlarini hazil-huzurlari bilan to`xtatib qolishadi”.

Shuningdek Bobir Nurmuhamedov ushbu sohada mutaxassis emasligi va bajonidil uni ushbu sohani yaxshi tushunadigan odamga berib yuborishini ma`lum qildi.

Bu guruh sizga nima beradi degan savolga esa, “Men nimanidir yaxshi tomonga o`zgartira olishimga ishonaman”, deya javob berdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar