AsosiyJINOYAT

Samarqandda 36 yoshli er xotinini rashkdan yoqib yubordi. Ayol sudyadan eriga eng og`ir jazo berishini so`ramoqda

Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudida turmush o`rtog`ini yoqib yubormoqchi bo`l...

'Samarqandda 36 yoshli er xotinini rashkdan yoqib yubordi. Ayol sudyadan eriga eng og`ir jazo berishini so`ramoqda'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudida turmush o`rtog`ini yoqib yubormoqchi bo`lgan Komil Davronov  ustidan sud hukmi o`qildi.

 

 "Zamon" ko`rsatuvida voqea tafsilotlari ma`lum qilinishicha, erkak  rashk tufayli ayolini yoqib yuborgan. U buni turmush o`rtog`ini yuzini undan boshqasi ko`rmasin degan maqsadda amalga oshirganini tan olgan.

Hozir ayolning bir qo`li, badani, qulog`i va yuzida kuyishdan katta chandiq qolgan. Eng kichik barmog`i burishib qolgan, o`ziga bo`ysunmaydi. 

—  Bir hafta komada yotdim. Keyin bir oy hech narsani eslolmadim. Uydagilarni eslolmadim, - degan jabrlanuvchi ayol voqeani so`zlab berarkan. — Og`ir jazo berishingizni, hamma ko`rishini xohlayman degan jabrdiyda ayol sudda. Hech qanday aybim bo`lmasdan, mana bunaqa qildi. Bir umrga qo`lim mayib bo`ldi. Bir umrga yuzim xunuklashib qoldi. Eng og`ir jazo berishingizni istayman. Boshqalarga dars bo`lsin.

“O`ta shafqatsizlik bilan o`t qo`yib yuborgan. Natijada tanasining 25% kuyishiga sababchi bo`lgan tan jarohati etkazgan. Hech qanday rashkka tortadigan holatlar aniqlanmagan”, deydi sudya ushbu sud haqida. 

Sudlanuvchining gaplariga ko`ra, turmush o`rtog`i uni kamsitgan. Biroq ichki ishlar organlari va sud-tergov xulosasida ayolning begona erkaklar bilan yozishgani asoslanmagan. 

Sudlanuvchi Davronov Komil Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topildi va 6 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

    Boshqa yangiliklar