AsosiyJAMIYAT

Toshkentda joriy yil boshidan buyon 91 nafar voyaga etmagan shaxs bedarak ketgan. Ular nega uyidan chiqib ketayotgani ma`lum qilindi (video)

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi joriy yilning boshidan to bugungi kunga qada...

'Toshkentda joriy yil boshidan buyon 91 nafar voyaga etmagan shaxs bedarak ketgan. Ular nega uyidan chiqib ketayotgani ma`lum qilindi (video)'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi joriy yilning boshidan to bugungi kunga qadar poytaxtda bedarak yo`qolgan voyaga etmagan shasxlar haqidagi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Unga ko`ra, o`tgan 8 oy davomida Toshkent shahrida 91 nafar voyaga etmagan shaxs uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan. Shundan hozirga qadar ularning 90 nafari topilgan va 1 nafari hamon qidiruvda.

Shuningdek, tayyorlangan ko`rsatuv davomida voyaga etmagan shaxslarning o`z uyidan sababsiz chiqib ketib, qaytib kelmaslik holatlarining asosiy sabablari ham sanab o`tilgan. Ma`lum bo`lishicha, uyidan chiqib ketayotgan voyaga etmaganlarlarning oilaviy sharoiti, turmush tarzi va oilaviy muhitning nosog`lomligi, uydagi janjal va kelishmovchiliklar, shuningdek, balog`at yoshidagi o`zgarishlar sabab ushbu holatlar ko`p kuzatilmoqda. 

Hozirda ana shunday oilalar va uyidan chiqib ketayotgan voyaga etmagan shaxslar bilan ishlash bo`yicha markaz faoliyat yuritayotgan bo`lib, u erda yuqoridagi holatlarga tushgan farzandlar bilan ishlash yo`lga qo`yilgan.

Batafsil video:

 

 

    Boshqa yangiliklar