AsosiyJamiyat

Turkiyadagi o`zbekistonliklarga O`zbekistonga qaytib kelish tavsiya qilindi

O`zbekiston Turkiyadagi fuqarolariga ortga qaytishni tavsiya qildi, deb yozadi “Podrobno.uz” “Vostochny Ekspress” ma`lumotlariga asoslanib.

Mazkur tadbir antirerror harakatlari doirasida amalga oshirilmoqda. Uzoq yillardan beri Turkiyada ishlayotgan O`zbekiston fuqarolari mahalla fuqarolar yig`ini faollari va maxsus xizmat xodimlari tomonidan Vatanga qaytishga da`vat etilmoqda.

“DAISh tarkibidagi o`zbeklarning aksariyati avval Turkiyada yashab, keyin Suriyaga ko`chib o`tgan. Shuning uchun biz Turkiyada ishlayotganlarning oila a`zolari bilan suhbat o`tkazib, ular begona yurtda aldanib qolmasliklari va  terrorchilik tashkilotlari  domiga tushib qolmasliklari haqida ogohlantirmoqdamiz. Agar Turkiyada ishlayotgan fuqaro o`z oilasi bilan tez-tez xabarlashib turgan bo`lsa, xavotirga o`rin yo`q. Ammo, ma`lum bo`lishicha,  ayrimlar yarim yil hatto bir yildan beri ham uydagilarga qo`ng`iroq qilmagan. Ularning qaerdaligi va nima ish bilan mashg`ulligi noma`lum”,- deydi mahalla faollaridan biri.

Turkiyada ta`lim olayotgan talabalar esa bundan mustasno, chunki ular haqida mahallada to`liq ma`lumotlar mavjud.

The Soufan Group markazi ma`lumotlariga ko`ra, DAISh tarkibida 500 nafar o`zbekistonlik fuqaro mavjud.

  

 

  

    Boshqa yangiliklar