Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxovega ko`ra, tadqiqotlar mutasiyalarning koronavirusga va uning odamlar orasida tarqalishiga qanday ta`sir ko`rsatishini aniqlashga yo`naltiriladi.
️JSST rahbari Gebreyesus vaksina COVID-19 pandemiyasining darhol tugashiga olib kelmasligi haqida ogohlantirdi, ammo uning so`zlariga ko`ra, bu juda muhim vosita bo`ladi.
Uning ta`kidlashicha, bu kasallik haqida ko`p narsa ma`lum bo`lganiga qaramay, insoniyat bor-yo`g`i 8 oygina to`plangan tajribaga ega, xolos. Koronavirusning uzoq muddatli oqibatlari to`g`risida hamon etarli ma`lumotlar yo`q.






