AsosiyJamiyat

Germaniya harbiy havo kuchlari Termiz aeroportini tark etadi

Germaniya harbiy havo kuchlari Afg`oniston chegarasidagi Termiz aeroporti bazasidagi transport uzelini tark etadi, deb yozadi “Podrobno.uz” “Sputnik” nashri ma`lumotlariga asoslanib.

“11 dekabr kuni Termiz shahri aeroporti transport uzelining rasmiy yopilish marosimi bo`lib o`tdi”, – deyiladi xabarda.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Germaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi mazkur xabar bo`yicha biror izoh bermagan.

O`zbekiston Respublikasi 2001 yildan boshlab Germaniya Federasiyasi harbiy havo kuchlariga Termizdagi aeroportda harbiy bo`lmagan yuklarni olib o`tishga ruxsat bergan.

    Boshqa yangiliklar