Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro T.I. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada, avtomashina kabinasining tepasidagi havo filtri ichida, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, umumiy qiymati 19,4 million so`mlik 92 quti sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda mazkur postga kirib kelgan, fuqaro A.J. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada, avtomashina salonida umumiy qiymati 24,8 million so`mlik 124 quti dori vositalari yashirilganligi fosh bo`ldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






