AsosiyDunyo

13 yoshli qiz IQ darajasi bo`yicha Eynshteynni ortda qoldirdi

Britaniyalik o`quvchi IQ darajasini aniqlash uchun o`tkazilgan testda 162 ball to`plaganligi bilan butun dunyoga mashhur bo`ldi.

13 yoshli Buyuk Britaniyada yashaydigan Nikol Barrning IQ natijalari Albert Eynshteyn va Stiven Xoking kabi tan olingan daholarnikidan yuqori bo`lib chiqdi, u Oksford universtitetida o`qish uchun taklifnoma oldi. The Daily Mail nashrining xabar berishicha, Nikol tibbiyot sohasida o`qishni orzu qiladi, va universitetning taklifini qabul qilishi mumkin.

Nikolning natijasi Nobel mukofoti sovrindori Albert Eynshteyn va fizik Stiven Xokingnikidan 2 ball yuqori.

Ta`kidlash joizki, yoshi katta odamning o`rtacha IQ natijasi 100 ballni tashkil qiladi.

Qizaloqning ota-onasi uni 2 yoshga to`lgunga qadar sanashni bilganini. 10 yoshligida esa murakkab matematika amallarini echganligini aytib o`tishgan.

Mahalliy OAV ma`lumotlariga ko`ra, iqtidorli qizaloq tez-tez maktabdagi mashg`ulotlarni o`tkazgan.

    Boshqa yangiliklar