AsosiyJamiyat

Zangiotada qurilgan yangi maxsus shifoxona va Toshkent metallurgiya zavodigacha avtobus yo`nalishi tashkil etildi

'Zangiotada qurilgan yangi maxsus shifoxona va Toshkent metallurgiya zavodigacha avtobus yo`nalishi tashkil etildi'ning rasmi

Bu haqda "Toshshahartransxizmat" xabarida aytilishicha, ushbu yo`nalish Toshkent viloyati, Zangiota tumanida barpor etilgan “Zangiota yuqumli kasalliklar maxsus shifoxonasi”ga tashrif buyurayotgan fuqarolarga va “Toshkent metallurgiya zavodi” ishchi-xizmatchilariga qulayliklar yaratish maqsadida tashkil etildi.

2020 yil 28 avgustdan boshlab, 75-sonli “Chortoq mahallasi – Oqtepa maydoni” avtobus yo`nalishining harakati “Chortoq mahallasi” so`nggi bekatidan Chortoq ko`chasi, 4R21-halqa avtomobil yo`li orqali “Toshkent metallurgiya zavodi” bekatigacha uzaytiriladi.  

Ushbu yo`nalishning “Toshkent metallurgiya zavodi” bekatidan keyingi  harakati 4R21-halqa avtomobil yo`li, Chirchiq daryosidan o`tkazilgan avtomobil ko`prik yo`lidan so`ng joylashtirilgan qayrilib olish manzili, 4R21-halqa avtomobil yo`li, Chortoq ko`chalari orqali keyingi harakati o`z yo`nalishini davom ettirgan holda tashkil qilinadi.

    Boshqa yangiliklar