1

Norvegiyada 2015 yildagi YTHlarda bolalar o`limi qayd etilmadi

Dunyo 14.12.2015, 16:18
Norvegiyada 2015 yildagi YTHlarda bolalar o`limi qayd etilmadi

Norvegiya yo`l harakati xavfsizligi bo`yicha Kengashining ma`lumotlariga ko`ra, o`tib borayotgan 2015 yilda yuz bergan piyodalar ishtirokidagi yo`l-transport hordisalarida birorta ham bola o`limi qayd etilmagan. Bu haqda “RTR” xabar bermoqda.

Bu holat mamlakatda Kengash ish boshlagan 1970 yildan beri ilk marta kuzatilishi. Kengash direktori Yan Yoxansonning fikriga ko`ra, YTHlarda bolalar o`limining umuman qayd etilmagani yo`llarning sifati, xavfsizlik tizimi va haydovchilarni tayyorlashning yaxshilanganidan dalolat beradi.   

Shuni ham ta`kidlash kerakki, haydovchilar va piyodalarning e`tiborsizligi oqibatida yo`l-transport hodisalarida jami 113 kishi vafot etgan. Yoxansonning fikricha, bu raqam juda ko`p.

Norvegiyada besh million nafar aholiga 600 mingta avtomobil to`g`ri keladi, mamlakat hududidagi yo`llarning uzunligi esa 100 ming kilometrga teng.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1