Bir mobil aloqa kompaniyasidan boshqasiga o`tmoqchisiz, lekin raqamingizni o`chirtirishga ko`zingiz qiymayapti. Chunki bu raqamni hamma do`stlaringiz va tanishlaringiz biladi. Yoki falon pul sarflab chiroyli raqam sotib olgansiz.
2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan hujjat asosida endi bu masala muammo bo`lmaydi. Ya`ni Adliya vazirligida Telekommunikasiya xizmatlarini ko`rsatish qoidalari davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar qildi.
Unga ko`ra, qay bir aloqa kompaniyasi abonenti bo`lsangiz, telefon raqamingizni aynan shu ko`rinishda (kodi bilan birga) boshqa kompaniya abonenti sifatida rasmiylashtirsangiz bo`ladi. Buning uchun mobil aloqa kompaniyasi bilan tegishli shartnoma tuzilsa kifoya.