1

Italiyada 120 kilogrammli laqqa baliq tutildi

Dunyo 15.12.2015, 09:52
  Italiyada 120 kilogrammli laqqa baliq tutildi

Italiyalik baliqchi Yuri Grisendi Po daryosidan bahaybat laqqa baliqni tutib oldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Po daryosi Italiyaning Lombardiya viloyati Mantuya shahri yaqinida joylashgan. Baliqning umumiy og`irligi 265 funt aniqrog`i 120 kilogramm keladi.  

 38 yoshli baliqchining aytishicha, u bundan oldin hech qachon bunchalik yirik baliq tutmagan.

“20 yildan beri baliqchilik qilaman. Ammo bunday ulkan baliqni birinchi marta ko`rib turibman. Bu shubhasiz men tutgan eng bahaybat baliq”, — deydi baliqchi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Grisendiga baliqni suvdan chiqarib olishi uchun bir soatcha vaqt kerak bo`lgan.  

“Uni suvdan chiqarib olishim ancha qiyin bo`ldi, ammo men buni uddaladim”, —qo`shimcha qildi baliqchi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1