1

Rossiya Turkiya bilan munosabatlarini tiklash shartlarini ma`lum qildi

Dunyo 15.12.2015, 10:14
Rossiya Turkiya bilan munosabatlarini tiklash shartlarini ma`lum qildi

Anqara Rossiyaning uch shartini bajargan taqdirda ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlar qayta tiklanishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning so`zlariga asoslanib, “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Karlovning so`zlariga ko`ra, Turkiya hukumati urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchun kechirim so`rashi, shuningdek bu hodisa aybdorlarini topishi va jazolashi kerak. Bundan tashqari, Turkiya Rossiyaga urib tushirilgan samolyot uchun kompensasiya to`lashi kerak.

“Turkiya biz bilan muloqot qilish istagini bildirayotgan bir paytda, bunga qarshi chiquvchi harakatlarni ham sodir etmoqda”, —dedi diplomat.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1