Rossiyalik oligarxning o`g`li onasini bo`g`ib o`ldirdi

Dunyo 15.12.2015, 11:18
Rossiyalik oligarxning o`g`li onasini bo`g`ib o`ldirdi

Qozon shahridagi Korston mehmonxonasida Rossiyalik milliarder Igor Sosinning o`g`li Egor onasi Anastasiya Sosinning bo`g`ib o`ldirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Hodisa yuz bergan paytda Egor narkotik modda ta`sirida bo`lgan. Uning o`zi esa onasi bergan tabletkalarni ichganidan so`ng nima qilayotganini bilmay qolganini ta`kidlagan.

Qotillik 10 dekabrdan 11 dekabrga o`tar kechasi sodir bo`lgan. Qozon shahri polisiyasining ma`lumotlariga ko`ra, 10 dekabr kuni yarim tunda Korston mehmonxonasi ma`muriyati polisiyaga murojaat qilgan. Mehmonxona xodimlariga mehmonlardan birining o`zini tutishi shubhali ko`ringan.  

 “Voqea joyiga etib kelgan polisiyachilar mehmonxona yo`laklaridan birida kuchli narkotik moddalar ta`sirida bo`lgan yigitni ko`rgan. Uning xonasida zo`rlik ishlatib o`ldirilganlik belgilari bo`lgan ayolning jonsiz tanasi topilgan”, — deyiladi xabarda.

Polisiyaning aniqlashicha, kunduz kuni ayol o`z o`g`li bilan  mehmonxona nomeriga joylashgan. Kechasi yuz bergan janjal oqibatida esa o`g`il onasini bo`g`ib o`ldirgan.

Aniqlanishicha, o`ldirilgan ayol Anastasiya rossiyalik milliarder Igor Sosinning sobiq rafiqasi, uning qotili esa millirderning 19 yoshli o`g`li Egor bo`lgan. Ona va o`g`il Qozon shahriga tibbiy muolaja kurslarini olish uchun kelgan. Bu haqda Egorning o`zi polisiya bo`linmasidagi ko`rsatmalari tasvirlangan videorolikda aytgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1