AsosiyJamiyat

Iyul oyi uchun sotib olingan chiptalarni dam olish kunlari ham qaytarish mumkin -- "Toshshahartransxizmat"

'Iyul oyi uchun sotib olingan chiptalarni dam olish kunlari ham qaytarish mumkin -- "Toshshahartransxizmat"'ning rasmi

"Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan iyul oyi uchun sotuvga chiqarilgan oylik yo`l chiptalaridan karantin cheklovlari sabab foydalanilmaganligi uchun joriy yilning 1-sentyabriga qadar ular qaytarib olinishi xaqida avval xabar berilgan edi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan 30, 31 avgust hamda 1-sentyabr --  dam olish  kunlari etib belgilangandi. Bu esa oylik yo`l chiptalarini qaytarishda fuqarolarga noqulaylik tug`dirishi mumkin. 

Ushbu holatni inobatga olib mazkur dam olish kunlarida ham soat 8:00 dan 17:00 ga qadar oylik yo`l chiptalarini qaytarib olish davom ettiriladi. Buning uchun "Toshshahartransxizmat"AJ tomonidan maxsus navbatchilik yo`lga qo`yildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar