AsosiyJamiyat

Avtomobil uchun so`mda to`lov amalga oshirganlarga yangi narxlar qanday ta`sir qiladi?

Mazkur savol avtomobil sotib olish uchun 85 foiz to`lovni amalga oshirib qo`ygan, biroq yangi prays bo`yicha avtomobili narxi horijiy valyutaga o`tkazilgan mijozlar tomonidan tahririyatimizga kelib tushdi. 

Mazkur savolga javob olish maqsadida GM Uzbekistan kompaniyasining “Ishonch telefonlari” ga murojaat qildik.

  • Avtomobil uchun 85% to`lovni so`mga amalga oshirgan biroq yangi prays bo`yicha avtoulov narxi horijiy valyutaga o`tkazilgan mijozlar avtosalonga murojaat qilishsa, ularning avtomobillari uchun so`m tarzidagi yangi prays taqdim etiladi. Mijoz qoldiq narxni taqdim etilgan yangi praysdagi narx asosida so`mda to`lab beradi.

Horijiy valyutaga o`tkazilgan avtomobil narxlari yangi shartnoma tuzayotgan mijozlarga amal qiladi.

Eslatib o`tamiz, GM Uzbekistan Spark, Kobalt, Lasetti, Orlando hamda Malibu avtomobillarining 1-2 pozisiyasi uchun yangi narxlarni horijiy valyutaga o`tkazganligi haqida xabar bergan edi.

 

    Boshqa yangiliklar