Joriy yilning 27 avgust kuni turkiyalik huquq himoyachisi Ebru Timtik 42 yoshida vafot etdi. U 238 kun avval Istanbulning Silivri qamoqxonasida o`z ishi bo`yicha adolatli sudlovni talab qilib, ochlik e`lon qilgandi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi, deb yozmoda Qalampir.
Ebru Timtik terrorchilik guruhi tuzish va boshqarish ayblovi bila qamalgandi. Uni 2018 yil sentyabrda qo`lga olishgandi. Keyinroq u 13,5 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi. Bu ish doirasida Turkiyada faoliyati taqiqlangan Inqilobiy xalq ozodlik fronti partiyasiga aloqadorlikda ayblangan jami 18 nafari huquqshunos turli muddatlarga qamalgandi.
Advokat Naim Eminog`luning AFP`ga ma`lum qilishicha, Timtik turli vaziyatdagi insonlarni himoya qilgan. Masalan, 301 kishi halok bo`lgan Somdagi shaxta portlashi shular jumlasidan.
2020 yil fevralda Ebru Timtik va uning hamkasbi Aytaj Unsal ochlik e`lon qilgandi. Iyunda ularni shifoxonaga o`tkazishgandi. 14 avgust kuni kassasiya sudi uning hukmga bildirgan e`tirozini bekor qildi. Ebru Timtikning vazni o`limidan oldin 30 kilogramga tushib qolgan.
Ebru Timtikning janozasi 28 avgust kuni o`tkazilgan. U Istanbul shimolidagi qabristonga dafn etilgan. Polisiya u advokat bilan vidolashishga kelgan yuzlab odamlarni tarqatib yuborgan.
Evropa Kengashining inson huquqlari bo`yicha komissari Dunya Miyatovich Ebru Timtik vafotidan chuqur qayg`uda ekanini ma`lum qildi.
“Uning o`limi advokat, jurnalist huquq himoyachilarini jim qilish uchun ishlatilgan sud tizimining qayg`uli oqibatlarini namoyish etadi”, degan Miyatovich.
Evropa Ittifoqi mamlakatda inson huquqlari buzilgani uchun Turkiya Hukumatini tanqid qildi. Evropa tashqi siyosat xizmati Timtik Turkiyada joriy yilda ochlik e`lon qilib, vafot etgan to`rtinchi mahkum bo`lganini ta`kidlab o`tdi.






