AsosiyDunyo

Bayrutdagi portlash oqibatida halok bo`lganlar soni 190 nafarga etgani aytilmoqda

'Bayrutdagi portlash oqibatida halok bo`lganlar soni 190 nafarga etgani aytilmoqda'ning rasmi

Livanning Bayrut shahri portida sodir bo`lgan portlash va uning tafsilotlari haqida avval saytimizda xabarlar bergan edik.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Bayrut portidagi portlash oqibatida 190 odam halok bo`lgani aniqlangan.

Livan poytaxti Bayrutdagi dengiz portida yuz bergan portlash qurbonlarining soni 190 nafarga etdi, hodisa oqibatida 6500 dan ziyod kishi turli tan jarohatlari olgan. Bu haqda Livan muvaqqat hukumati ma`lumotiga tayanib Reuters agentligi xabar qildi, deb yozmoqda Daryo.

Eslatib o`tamiz, Bayrutdagi portda 4 avgust kuni kuchli portlash yuz bergan edi. Hodisa 2014 yilda Gruziyadan Mozambikka yuk olib ketayotgan rossiyalik tadbirkor Igor Grechunkinga tegishli kemadan musodara qilingan 2750 tonna og`irlikdagi ammiak selitrasi yonishi oqibatida sodir bo`lganligi aytilgandi. 

    Boshqa yangiliklar