AsosiyJamiyat

Birinchi Prezidentimiz boshchiligida qo`lga kiritilgan mustaqillik asriy orzumizni amalda ta`minlagan olamshumul voqeadir -- Sh.Mirziyoev

'Birinchi Prezidentimiz boshchiligida qo`lga kiritilgan mustaqillik asriy orzumizni amalda ta`minlagan olamshumul voqeadir -- Sh.Mirziyoev'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, Ko`ksaroy qarorgohida mustaqilligimizning 29 yilligi bayramiga bag`ishlangan tantanali tadbiri bo`lib o`tdi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bayram tabrigida mustaqilligimizning tarixiga ham to`xtaldi.

"Bashariyat tarixi shundan dalolat beradiki, har bir xalq faqat erkin va ozod bo`lgan taqdirdagina, o`z hayoti va kelajagini mustaqil barpo etish huquqiga ega bo`ladi. “Haq berilmas, haq olinur!” deb millat ozodligi yo`lida jonini fido qilgan ulug` ajdodlarimizning buyuk maqsadi ham shu edi.

Xalqimizning beqiyos jasorati va matonati bilan Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug`anievich Karimov boshchiligida qo`lga kiritilgan davlat mustaqilligi ana shu asriy orzumizni amalda ta`minlagan olamshumul voqeadir.

Biz qanday tahlikali va suronli davrlarni boshimizdan kechirmaylik, qanday yutuq va natijalarga erishgan bo`lmaylik, mustaqillik g`oyasi, istiqlol ruhi bizga doimo tog`dek tayanch bo`lmoqda, deya ta`kidladi davlat rahbari.

 

    Boshqa yangiliklar