1

Moskvadagi dorixonadan onkologik kasalliklarda qo`llaniluvchi dorilar o`g`irlandi

Dunyo 16.12.2015, 15:31
Moskvadagi dorixonadan onkologik kasalliklarda qo`llaniluvchi dorilar o`g`irlandi

Moskva shahridagi dorixonalardan biridan uch noma`lum shaxs  onkologik kasalliklarni davolashda ishlatiladigan umumiy qiymati 5,7 million rubllik dorilarni o`g`irlagan, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

O`g`irlik kecha, 15 dekabr kuni Moskva shahri  Ladojskaya ko`chasidagi dorixonada yuz bergan. Yuziga niqob kiyib olgan o`g`rilar dorixona farmasevti qo`llarini skotch bilan bog`lab qo`ygan va seyfdagi 20 ming rubl pul va onkologik xastaliklarni davolash uchun mo`ljallangan “Tayverb” va “Neksavar” preparatlaridan 30 quti  o`g`irlab ketgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur ikki preparat Moskva dorixonalarida 120-180 ming rublda sotiladi.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1