1

Yaponiyalik ayollarga ajrashgandan so`ng darhol turmushga chiqishga ruxsat berildi

Dunyo 16.12.2015, 15:50
 Yaponiyalik ayollarga ajrashgandan so`ng darhol turmushga chiqishga ruxsat berildi

Yaponiya Oliy sudi 1898 yilda qabul qilingan yaponiyalik ayollar ajrashganidan faqatgina olti oy vaqt o`tgach yana turmush qurishi mumkinligi haqidagi qonunni mamlakat konstitusiyasiga zid  deb topdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

2011 yilda Okayama shahrida yashovchi 30 yoshli ayol mazkur qonunni bekor qilishni so`rab sudga murojaat qilgan edi. U muttasil zo`ravonliklar oqibatida 2008 yilda eri bilan ajrashgan va yana turmushga chiqishi uchun olti oy o`tishini kutgan. Ayol bu holatni o`z haq-huquqlarining buzilishi deya baholagan. Uqonun uning ruhiy holatiga salbiy ta`sir qilgani uchun hukumatdan 1,65 million iena(13,6 ming dollar) miqdorida kompensasiya talab qilgan.

Nikoh bekor qilinganidan so`ng olti oy ichida oilada farzand tug`ilsa uning otasi kimligi haqidagi bahslar kelib chiqmasligi uchun mazkur qonun qabul qilingan edi. Sababi nikoh bekor qilingandan keyin bir necha oy o`tgach ayol farzand ko`rgan hollarda ayolning sobiq erini bolaning otasi deb hisoblangan.

1898 yilda qabul qilingan qonunni bekor qilish tarafdorlari hozirda bunday hollar kam kuzatilishi, ziddiyatli vaziyatlarda DNK tekshiruvidan o`tikazish imkoni mavjudligini ta`kidlamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1