Facebook ijtimoiy tarmog`i “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolaridan biri poytaxtning Amir Temur va Alisher Navoiy ko`chalari chorrahasida "Mersedes benz" rusumli avtobusning yonib ketganligi tasvirlangan suratni joylashtirdi.




Orqa tomoni yonayotgan avtobusning yo`lovchilari tushirilgan. Suratda hodisa joyiga o`t o`chiruvchilarning etib kelganligini ham ko`rish mumkin. Izohlardan birida ularning 10 daqiqada etib kelganligi aytilgan.





