1

Ispaniyalik o`smir mamlakat bosh vaziriga shapaloq tushirdi

Dunyo 17.12.2015, 10:47
Ispaniyalik o`smir mamlakat bosh vaziriga shapaloq tushirdi

Pontevedra shahridagi saylovoldi  uchrashuvlaridan birida 17 yoshli o`smir Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyga shapaloq tushirdi, deb xabar beradi “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Yigitcha bosh vazirga birga suratga tushishni taklif qilgan, shundan so`ng uning yuziga shapaloq tortib yuborgan.

Guvohlarning aytishicha, yig`ilgan shaharliklarning aksariyati bu qilmishni “Zo`r! Zo`r!” deya olqishlagan.  Shundan so`ng yigitcha bosh vazirning zarbdan sinib ketgan ko`zoynagini erga uloqtirgan va uning qo`riqchilaridan biriga tarsaki tushirishga ham ulgurgan. Tan soqchilar tezlik bilan o`smirni tutib, polisiya bo`linmasiga olib ketgan. Uning bu qilmishi sabablari o`rganilmoqda. Bosh vazir mazkur hodisadan so`ng atrofdagilarga qarata “Bu qanday sodir bo`lishi mumkin?” deya taajjublangan.

60 yoshli siyosatchining hamrohlari vaziyatnim yumshatishga uringan. bosh vazir sayrni ko`zoynaksiz davom ettirgan va mitingda ishtirok etish uchun La-Korunyu shahriga jo`nab ketgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1