Rejissyor Rustam Sa`dievning har bir filmi muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinishi barchaga ma`lum.
“Baron” nomli yangi filmi ham hali suratga olish ishlari ketayotgan vaqtdan boshlab barchaning etiborini o`ziga tortib ulgurdi. Rustam Sa`diev bilan saytimiz uchun qilingan suhbat tez kunlarda premerasi kutilayotgan “Baron” filmi haqida bo`ldi.
—“Baron” filmini qaerlarda suratga oldingiz va bu jarayonlar qancha vaqt davom etdi?
—2015 yil may oylarida suratga olish ishlarini boshlab, sentyabr oylarida ovozlashtirish ishlariga etib keldik. Film Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida, Surxondaryo viloyatining Termiz shahri hamda Boysun tumanida, Rossiyaning Moskva, Turkiyaning Istanbul shaharlarida bo`lib o`tdi.
—Bizdagi ma`lumotlarga ko`ra mashhur aktyor G`asson Ma`sud ham filmda rol ijro etgan. Ushbu kartinada chet ellik aktyorlardan yana kimlarni ko`rishimiz mumkin?
—G`asson Mas`uddan tashqari Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Pavel Priluchniy hamda “Brigada” filmida o`ynagan Farhod Mahmudovlarni filmda ko`rishinggiz mumkin bo`ladi.
—Film saunterekti ham kuylandi, shundaymi?
—Filmga sauntrektni Shahzoda ijro etdi, qo`shiq “Sirdoshim” deya nomlanadi. Bu qo`shiq film uchun maxsus tayyorlandi.
—Filmni dastlab “Lolaqizg`aldoq” deya nomlagan edingiz keyinchalik esa “Baronga” o`zgartirildi. Buning sababi nimada?
—“O`zbekkino” milliy agentligiga filmni senariy ko`rinishda topshirganimizda “Lolaqizg`aldoq” nomi bilan topshirgan edik. Bu filmning ishchi nomi edi. Filmning suratga olish ishlari bahorda lolaqizg`aldoq unib chiqqanda boshlashimiz kerak edi. Ammo bu vaqtga ulgurmadik. Bu o`ta muarakkab film bo`lgani sababli tayyorgarlik ishlariga juda ko`p vaqt ketdi. Suratga olish ishlari yozda boshlanli. Film syujeti ham senariysi ham o`zgartirib yuborilgan, “Baron”da lolaqizg`aldoqqa bog`liq joy qolmadi.
—“Sotqin” filmingiz ham ancha muhokamalarga sabab bo`lgan edi. Muxlislar mazkur filmni juda yaxshi kutib olishgandi. Aynan shu film uchun “Eng ulug`, eng aziz” mukofotiga ham loyiq topildingiz. Ammo “Sotqin” filmi hali kinotaetrlarda namoyish qiyinayotgan bir vaqtda qo`llarga ya`ni “pirat” disklarga chiqib ketgan edi. “Baron” filmi ham shunday bo`lmasligi uchun oldindan qandaydir tayyorgarliklar ko`rib qo`yganmisiz?
—Nasib qilsa bu film qo`lga chiqib ketmaydi. Hamma yo`l qo`ygan kamchiliklarimizni tahlil qilib shunga yarasha chora-tadbirlarni qilib qo`yganmiz.
Darvoqe, filmda o`zimizning aktyorlardan O`zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov, Ulug`bek Qodirov, Javohir Zokirov, Muhammadiso Abdulhairov, Bekzod Hamroev, Habibulla Nizomov, Dilnoza Kubaeva, Shahlo Temirova, Jamila G`ofurova, Shahzoda Matchonova, Dilorom Egamberdieva kabi aktyorlarni ko`rishimiz mumkin bo`ladi.