5 sentyabr kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv hamkorligi hamda Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazishdi.
Tadbir davomida, abiturientlar test sinovlari jarayonida foydalanishi uchun qo`lbola usulda maxsus yasalib, ichki kiyimlarga o`rnatilgan aloqa vositalarini 100-200 AQSh dollardan sotayotgan 29 yoshli U. ismli shaxs aniqlandi.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi abiturientlarni test sinovlarida foydalanish taqiqlangan buyumlarni o`zlari bilan imtihonga olib kirmaslikka chaqirmoqda.






